Murabbiy: Bu futbolchi Shomurodovdan kuchli!

  • 15 sentabr, 2021, 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasi vakili “Axmat” jamoasi bosh murabbiyi Andrey Talalaev “Zenit” hujumchisi Sardor Azmunga A Seriya klublaridan jiddiy chorlovlar bo‘layotganiga munosabat bildi.

Rossiyalik mutaxassis jurnalistlarning eronlik hujumchiga A Seriya qanchalik mos kelishi haqidagi savoliga Shomurodov misolida javob berdi.

- Bunga Eldor Shomurodovni misol qilish mumkin. Gavdali va shu bilan birga tezkor hujumchilar hamma jamoaga kerak. Shomurodov “Roma”da o‘ynashni uddalayapti. Mening nazarimda, Sardor o‘yin borasida Eldordan ustun. Shuning uchun ham Azmun Italiyaning kuchliroq jamoasiga o‘tsa, o‘zini ko‘rsata oliadi, - dedi Andrey Talalaev.

Eslatib o‘tamiz, Sardor Azmunni sobiq “paxtakorchi” Marat Kabaev kashf qilgan va uni “Rubin”ga olib kelgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bekk_MUFC
15/09/2021 20:21
Assalomu alaykum. Adminlar iltimos imloviy hatolarga eʼtibor beringlar. Oʻzlarizni hurmatlariz uchun.
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
15/09/2021 18:47
Bu uning shahsiy fikri men uchun Shomurodov Azmundan Kuchli chunki yolg‘iz(individual) o‘ynshni bilmaydi Azmun Shoma esa aksincha Jamoaviy o‘yinda ham individual o‘ynasa ham o‘zini ko‘rsataveradi