Murod Xolmuhammedov "Qo‘qon-1912"ning yubiley goli muallifiga aylandi

  • 04.11.2017 19:12
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol

Avval xabar berib o‘tganimizdek, joriy mavsum Qo‘qon futboli uchun muhim hodisalarga boy bo‘lmoqda. 2017 yilda qo‘qonlik muxlislar bir qator tarixiy voqealar shohidiga aylanishdi.  

Joriy yilda "Qo‘qon-1912" Qo‘qon futboli tarixiga yangi sahifalarni ochib bermoqda. Buxoroda o‘yinda jamoa oliy ligadagi 368-uchrashuvni o‘tkazdi. “Navbahor” bilan bo‘lib o‘tgan bahsda chempionatdagi yubiley 450-ochko qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, navbatdagi bahsda yana bitta tarixiy voqeaga guvohi bo‘ldik. Bu haqad klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, shu kunga qadar “Qo‘qon-1912” futbolchilari chempionat doirasidagi bahslarda raqiblari darvozasiga 498 ta gol kiritishgandi. Buxoroda 500-dovon ham zabt etildi. Yubiley golga klub etakchisi Murod Xolmuhammedov mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!