
Murod Xolmuhammedov van Deykni ortda qoldirdi
Futbol tarixi va statistikasi Xalqaro Federatsiyasi — IFFHS 2011—2020 yillarda eng ko‘p gol urgan himoyachilar ro‘yxatini e’lon qildi. Statistikani tuzishda milliy chempionat oliy ligasi, mamlakat kubogi, klub miqyosidagi rasmiy xalqaro uchrashuvlar, milliy terma jamoa rasmiy o‘yinlarida urilgan gollar hisoblangan.
Unga ko‘ra, “Qo‘qon-1912” himoyachisi Murod Xolmuhammedov 19-o‘rin, uzoq vaqt davomida “Metallurg” klubi sharafini himoya qilgan, bugungi kunda “Yangier” jamoasida faoliyat olib borayotgan Dilmurod Karimov 52-o‘rinni egallagan.
Xolmuhammedov bu borada “Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk va “Real” futbolchisi Marseloni, Karimov esa “Benfika” futbolchisi Yan Vertongen va “Borussiya” himoyachisi Mats Xummelsni ortda qoldirgan.
Fikrlar