Murod Xonto‘raev nokautga uchratgan UFC jangchisi yana oktagonga ko‘tariladi

  • 29.02.2020 12:06
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Moldovalik og‘ir vazn toifasidagi UFC jangchisi Ion Kutselaba 29 fevral kuni (Toshkent vaqti bilan ertaga tongda) Norfolk shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC turnirida Magomed Ankalaev bilan bo‘ladigan jang avvalidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"U so‘nggi janglarida asosan oyoqdagi "lou-kik" zarbalariga tayangan. Men bunga 100% tayyorman, bu harakatlari menga o‘tmaydi.

Keling, u shunday zarbalar yo‘llash uchun vaqti bor-yo‘qligini ko‘rib chiqaylik. Muxlislarga hamma narsaga tayyor ekanligimni va istalgan holatda g‘alaba qozona olishimni ko‘rsatmoqchiman.

Uning bu haqida nima deyishi yoki uning Dog‘istondan ekanligini menga ahamiyati yo‘q. Oktagon eshiklari yopilganda ikkalamiz qolamiz. Men nima qilishim kerakligini bilaman",-dedi Kutselaba

Eslatib o‘tamiz: Qozog‘istondagi Alash Prayd Grand Prix 2013 turnirida Kutselabani hamyurtimiz Murod Xonto‘raev nokautga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!