
Murodjon Ahmadaliev ishtirok etadigan boks oqshomi translatsiya qilinadimi? Jang vaqti bilan tanishing
Toshkent vaqti bilan 20 noyabr tongida Amerika Qo‘shma Shtatlari Nyu-Xempshir shatatidagi SNHU arenasida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Mazkur kechada hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev o‘ziga tegishli bo‘lgan WVA va IBF jahon chempionlik kamarlarini chililik Xose Velaskesdan himoya qiladi. Kechaning asosiy kardi tongi soat 5:00da boshlanishi kutilmoqda. Ahmadaliev ishtirokidagi bahs esa tahminan 5:30 dan so‘ng 6:00ga yaqin vaqtda boshlanadi. Asosiy kard janglari juftliklari quyidagicha ko‘rinish olgan:
Demetrius Andrade - Djeyson Kuigli o‘rta vaznda (72,5 kg) WBO chempionlik kamari uchun;
Xulio Sezar Martines - MakVilyams Arroyo o‘ta engil vaznda (50,8 kg) WVC chempionlik kamari uchun;
Murodjon Axmadaliev - Xose Velaskes birinchi yarim engil vaznda (55,3 kg)WVA va IBF chempionlik kamari uchun;
Kali Reys - Djessika Kamara ayollar o‘rtasida super o‘rta vazn toifasida (63,5 kg) WVA, WVO, IBO chempionlik kamarlari uchun;
Mazkur bahslarni Sport telekanali orqali jonli tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar