Murodjon Ahmadaliev mutlaq jahon chempioni bo‘lishi uchun muammo bormi?

  • 13 yanvar, 2022, 22:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida (55,3 kg) WBA va IBF jahon chempionlik kamarlari egasi Murodjon Ahmadaliev 2021 yil noyabr oyida Xose Velaskesdan o‘z kamarlarini ikkinchi bor muvaffaqiyatli himoyasini amalga oshirdi. 

Tecno

122 funt vaznda The Ring nashri reytingida 2-o‘rinda borayotgan Ahmadaliev aslida WBA yo‘nalishida majburiy da’vogar hisoblangan Ronni Riosga qarshi jang o‘tkazishi kerak edi. Ammo Riosda Covid-19 aniqlangani sabab, uning o‘rni Velaskes bilan to‘ldirildi. 

"Sen bilan bog‘liq ishlar chappasiga ketganda, bu har doim ham yaxshi bo‘lmagan. Sen bir uslubdan boshqasiga o‘tishing kerak bo‘ladi, sparring raqiblar va shu kabilarda o‘zgarishlar qilishingga to‘g‘ri keladi. Ammo bularning barchasi (bokschi sifatida) biz qilishimiz hamda moslashishimiz kerak bo‘lgan ishlar va biz jang o‘tkaza olganimizdan hursandmiz",-deydi Ahmadaliev The Ring nashriga menejeri Vadim Kornilov orqali.

akhmadaliev-velasquez-fight (24)

"Men o‘z harakatlarimdan mamnunman. Eng avvalo o‘zimga kerakli bo‘lgan ko‘proq tajriba oldim, ikkinchidan esa men uzoqroq jang olib bordim va yaxshi nafas ola oldim. Covid-19dan sog‘ayganimdan keyingi bu to‘liq davom etgan jang yanada o‘z qobiliyatlarimga bo‘lgan ishonchni oshirdi. Yaxshiroq bo‘lishi mumkin bo‘lgan bo‘lgan yagona narsa - uni muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratishim edi lekin keyinroq, keraksiz vaziyatda tavakkal qilishni xohlamadim".

Yaqindagina oila qurgan 27 yoshli bokschi mazkur yilda o‘z vazn toifasidagi barcha kamarlarga ega chiqishni niyat qilgan.

"Mening maqsadim mutlaq jahon chempioni bo‘lmagunimcha o‘zgarmaydi. Lekin barchasi menga bog‘liq emas. Bu ularning (WBA ning) ham qarori. Agarda Ronni Rios bilan jang qilishim kerak bo‘lsa, menda muammo yo‘q. U haqiqiy jangchi va u ham jahon chempionlik jangini xohlar ekan, mening undan qochish niyatim yo‘q",- deb qo‘shimcha qiladi u. 

O‘tgan hafta IBF tashkiloti ham Ahmadaliev va yo‘nalish da’vogari Marlon Tapales o‘rtasidagi himoya jangiga buyruq berdi. Mazkur jangni tashkil etish huquqini qo‘lga kiritish uchun ochiq promouterlik savdosi 18 yanvarga belgilangan. Tapales oxirgi jangida yaponiyalik Hiroaki Teshigavarani 2-raundda muddatidan oldin mag‘lub etgan edi. 

tapales

Endilikda, ikkala yo‘nalishda ham da’vogarlar Ronni Rios (WBA) va Marlon Tapales (IBF) Ahmadalievning WBO va WBC chempioni Stefan Fultonga qarshi barcha 4 kamar uchun mutlaq chempionlik jangini orqaga surishi mumkin. 

Dmitriy Bivol, Ruslan Provodnikov, Viktor Postol kabi mijozlari orqali tanilgan menejer Vadim Kornilov mutlaq chempionlik jangi bo‘lishiga ishonmoqda. 

Ahmadaliev DAZN platformasida jang qilib, Matchroom kompaniyasi va Mir Boksa bilan hamkorlikda ishlab kelmoqda. Fulton esa Show Time kanali PBC ceriyalarida ringga ko‘tarilishiga qaramay, Kornilov bu jangni tashkil etish borasida fikri ijobiy ekanini bildirib o‘tdi.

ruuaaca377fa3

"Men mutlaq chempionlik uchun bo‘ladigan ushbu jangni tashkil etish borasida hech qanday muammoni ko‘rayotganim yo‘q. Garchi ikki bokschi ikki xil kanal bilan ishlab kelayotgan bo‘lsada", - deb aytib o‘tdi Kornilov.

The Ring nashri asosida Jalol Axmedov tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!