Murodjon Ahmadaliev va Marlon Tapales jang oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

  • 9 fevral, 2023, 11:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
Professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida (55,3 kg) WBA va IBF kamarlari egasi Murodjon Ahmadaliev 8 aprel kuni Texas shtati, San Antonio shahrida Marlon Tapalesga qarshi ringga ko‘tarilishi rasman tasdiqlandi. Matchroom promouterlik kompaniyasi tomonidan o‘tkaziladigan, kechaning ikkinchi asosiy jangi bo‘ladigan ushbu to‘qnashuv oldidan bokschilar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
 
"Men ringga qaytayotganimdan hursandman. Bu biroz cho‘zildi, ammo biz nihoyat Tapalesdek ajoyib jangchiga qarshi qiziqarli qarama-qarshilik oldida turibmiz. U sobiq jahon chempioni, bizning uslublarimiz o‘xshash, shuning uchun, men 8 apreldagi qiyin bahsga tayyorgarlik ko‘ryapman",-dedi Ahmadaliev. 
 
Marlon Tapales ham chempionlik kamarlarini tortib olish ishtiyoqida ekanligini yashirib o‘tirmadi. 
 
"Men bir emas ikkita jahon chempionlik kamari uchun jangga erishganimdan mamnunman. Yana jahon chempioni bo‘lish mening orzuyim. Men ushbu imkoniyatni yaratib bergan jamoam "Sanman Boxing", "Knucklehead Boxing", "Shapiro Sports", "Viva Promotions" va "TGB Promotions"ga minnaddorchilik bildiraman. Men IBF va WBA kamarlarini yutib olganimda, Filippinga faxr va muvaffaqiyatni olib qaytaman",-dedi Tapales.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!