Murodjon Ahmadalievning vaznida WBC chempioni o‘z kamarini himoya qiladi. Daniel Roman ham o‘sha kechada ringga qaytadi

  • 13.04.2021 12:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Birinchi yarim engil (55,2 kg) vazn toifasida WBC yo‘nalishida jahon chempioni hisoblangan Luis Neri 15 may kuni "Show Time" kanali orqali translyatsiya qilinadigan boks oqshomida o‘z kamarini WBA Regular chempion Brendon Figeroadan himoya qiladi. Jang Kaliforniyaning "Dignity Health Sports Park" arenasida bo‘lib o‘tadi. Qolaversa, ushbu kechada sobiq jahon chempioni Daniel Roman ham o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Luis Neri (31-0, 24 KO) o‘zining oxirgi jangida Aaron Alemedani 12 raund yakuniga ko‘ra, ochkolar hisobida mag‘lub etib, vakant bo‘lgan WBC kamarini qo‘lga kiritgan edi. 

Brendon Figeroa (21-0-1, 16 KO) Demien Vackes ustidan 9-raundda muddatidan oldin g‘alaba qozongan. U ushbu g‘alabasidan 10 oy oldin 12 raundlik jangda Xulio Sexa bilan durang qayd etgan edi. 

Daniel Roman (28-3-1, 10 KO) 2020 yil 30 yanvar kuni Murodjon Ahmadalievga WBA va IBF kamarlarini boy bergan va keyinchalik WBC eliminator jangida Xuan Karlos Payanodan ochkolar hisobida ustun kelib, majburiy da’vogarga aylangandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!