
"Murodjon raqibidan bir bosh baland". Boksimiz olamiz vakillari Ahmadaliev-Tapales jangi xaqida...
Xabaringiz bor, 8 aprel kuni AQShning San-Antonio shahrida ikki bokschimiz Murodjon Ahmadaliev hamda Isroil Madrimov navbatdagi janglarini o‘tkazadi. Ahmadaliev o‘ziga tegishli bo‘lgan, IBF , WBA chempionlik kamarini Filippin vakili Marlon Tapalesdan himoya qiladi. Biz ushbu jang borasida boksimiz olami vakillarini fikriga quloq tutdik.
Zufar Sulaymonov- murabbiy
- Albatta, Murodjonning imkoniyatlarini yuqori baholayman. Raqib filippinlik bokschi va ular anchagina pishiq bo‘lishadi. Biroq, Murodjon nazarimda raqibidan bir bosh baland. Tapales yaponiyalik Ivasaga ham etarlicha qarshilik ko‘rsata olmagandi. "Kaka" esa Ivasani qanday ahvolga solganini barcha yaxshi biladi. Xullas, Murodjonga ishonamiz va umid qilamizki, u raqibiga xech qanday imkoniyat qoldirmaydi.
Bobur Najmiddinov - murabbiy
-Faoliyatim mobaynida amin bo‘lganmanki, filippinlik bokschilar juda irodali va jangning so‘ngi soniyalariga qadar olishadigan, bo‘lishadi. Murodjonning raqibi ham oddiy bokschi emas, professional ringlarda toblangan va tajribali sanaladi. Qolaversa, o‘ziga xos "daydi" zarbalari bor. Shuning uchun ehtiyot bo‘lish lozim. Albatta, men Tapalesning plyus jihatlarini sanab o‘tdim. Biroq, Murodjonning havaskor yo‘nalishdagi katta tajribasi va aql bilan harakat qilishini oldida yuqorida sanab o‘tganlarim xech narsa emas. Murodjon anchagina "katta" bokschi va Tapalesga imkoniyat qoldirmaydi, degan fikrdaman. Murodjon chapaqay va jigarga tutib olsa, kerak. Umumiy qilib aytganda, imkoniyatlarni 70/30 deya baholagan bo‘lardim.
Hasanboy Do‘smatov - bokschi
- Biz Murodjon Ahmadalievga ishonamiz va umid qilamiz, u raqibiga xech qanday imkoniyat qoldirmagan holda, g‘alabaga erishadi. Omad, g‘alaba biz tomonda!
Qudratillo Abduqahhorov- bokschi
- Murodjonni raqibi haqida etarlicha ma’lumotga ega emasman. To‘g‘risi, har qanday raqib bo‘lgan taqdirda ham Murodjonga ishonchim katta. Uning imkoniyatlarini yuqori baholagan bo‘lardim. Shubhasiz, bu jangni ham muddatidan avval, yakunlasa kerak. Omad, Murodjon!
A’loxon Abdullaev - bokschi
- Murodjon akani baribir darajasi baland, deb hisoblayman. Bekorga ikki yo‘nalish chempioni emas. U isbotlab kelmoqda, o‘zining divizionida etakchi ekanligini va Tapalesga ham imkoniyat qoldirmaydi, degan fikrdaman. Akamizga omad tilayman!
Fikrlar