Musa Aymuratov va Zuhriddin Qodirov jahon chempionatining saralashidan muvaffaqiyatli o‘tishdi

CHERY AUTO

Tbilisi shahrida qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionati bahslari davom etmoqda. Dasturga ko‘ra, bugun O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari shpaga va sablya dasturlarida bahs olib borishadi.

Tecno

Ortda qolgan kun sablya bo‘yicha kechgan erkaklar o‘rtasidagi saralash bahslarida Musa Aymuratov va Zuhriddin Qodirov muvaffaqiyatli qatnashib, medallar uchun kurashni davom ettiradigan bo‘lishdi. Bugun Aymuratov 1/32 finalda fransiyalik Maksim Pyanfettiga, Qodirov esa vengriyalik Andras Zatmariga qarshi jang qiladi.

Shuningdek, shpagachi qizlarimiz jamoaviy dasturda o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi. Ular 1/16 finalda Shveysariyaga qarshi bahs o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!