"Muscat International Chess Championship 2024". Yaqindagina grossmeysterlik maqomini qo‘lga kiritgan Ortiq Nigmatov chempion!

  • 31 dekabr, 2024, 23:48
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
TIGGO 2 PRO

Xabar berganimizdek, yaqindagina grossmeysterlik maqomini qo‘lga kiritgan shaxmatchimiz Ortiq Nigmatov 8 ochko to‘plab "Muscat International Chess Championship 2024" turniri g‘olibiga aylandi. 

9 ta turdan iborat bahslarda 7 ta g‘alaba va 2 ta durang natija qayd etib, muhim bo‘lgan +13.9 reyting ochkolarini qo‘shib oldi.

Ma’lumot uchun, ushbu turnirda Abdisalimov Abdimalik (2536) 7.5 ochko 4-o‘rin (+4.8), Barsov Aleksey (2324) 7 ochko 10-o‘rin (-13.6) kabi o‘zbekistonlik shaxmatchilarimiz ham ishtirok etishgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!