"Musobaqadagi ishtirokimiz biz xohlagandek bo‘lmadi" - Zafarmurod Abdirahmatov Qatarga qarshi o‘yin, penaltilar seriyasi va yana boshqa mavzularda intervyu berdi

  • 8 fevral, 2024, 12:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 15
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoamizning Osiyo Kubogidagi ishtiroki borasida turli fikr va mulohazalar mavjud. Ayniqsa chorak finalda Qatarga penaltilar seriyasida yutqazganimiz alamli bo‘ldi.

Tecno

Ayrim o‘yinchilarimiz qatori “Nasaf”ning iqtidorli a’zosi Zafarmurod Abdirahmatov ham o‘sha kuni penaltidan gol ura olmadi. Shundan so‘ng tanqidlar ham kuzatildi. Sports.uz jurnalisti Abdirahmatov bilan suhbatlashdi.

- Zafarmurod, Osiyo Kubogidan keyingi taassurot va xissiyotlar qanday? Alamli uchrashuvdan so‘ng o‘zingizga kelib olish qiyin kechmadimi?

- Assalomu alaykum. Osiyo Kubogida Qatarga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat uchun O‘zbekiston xalqidan uzr so‘raymiz. Qolaversa, urolmagan penaltim uchun ham alohida uzr so‘rayman. O‘zimizga kelish uchun asta-sekin harakatni boshlab yubordik. Hissiyotlar ham o‘ziga yarasha bo‘ldi, o‘tdi-ketdi. Yaqinlarimiz, ota-onamiz qo‘ldan kelganicha yordam berishyapti. Hali hayot oldinda degan gaplarni aytishyapti. Ha, barchasi oldinda. Yana bir bor xalqimizdan uzr so‘raymiz.

- Bu siz uchun Osiyo Kubogidagi debyut ishtirok bo‘ldi. Hayajonni engib o‘ta oldingiz. Bunda sizga kim yordam berdi va umuman, qoniqdingizmi?

- Osiyo Kubogidagi debyutimga kelsak, yaxshi bo‘ldi. Hayajon ham o‘ziga yarasha kechdi. Lekin musobaqadagi ishtirokimiz biz xohlagandek bo‘lmadi. Shunisi odamga salgina xafagarchilik keltiradi. Bizga yordam bergan akalarimiz, klubimizdan birga borgan Sherzod aka Nasrullaev, Umar aka Eshmurodov, Abduvohid Ne’matov, Xusniddin Aliqulov kabilar menga katta yordam berishdi. Hayajonimni engishda, o‘z o‘rnimni topishimda menga ko‘maklashishdi va dalda bo‘lishdi.

abdirahmatov1

- Qatarga qarshi bahsda penaltilar seriyasida omad yuz o‘girdi. Penaltidan gol ura olmaganingizga qanday izoh berasiz?

- Biz penaltilar seriyasida yutqazdik. Bundan boshqa sabab yo‘q. Yaxshi tepa olmadik. Buning uchun xalqimizdan yana bir bor uzr so‘ragan bo‘lardim. Boshqa hech narsa deya olmaymiz. Xudoni aytgani bo‘ladi. Bu safar omadimiz kelmadi.

- "Sport" telekanali sharhlovchisi sizdan uzr so‘raganini yozib chiqdi. Chindan ham uzr so‘radimi?

- “Sport” telekanali sharhlovchisi menga bir kundan keyin telegramdan yozdi. Men ham musulmonman, musulmon bo‘lib ketishni xohlayman dedi. O‘yinda sharh paytida xissiyotlarga berilib sizni haqoratlab yubordim, buning uchun sizdan uzr so‘rayman, qiyomatda qolib ketishini xohlamayman dedi. Ha, bo‘pti mayli, sog‘ bo‘ling dedim, boshqa hech narsa demadim. Xudoga shukr, bu narsani ko‘nglimga olganim yo‘q.

abdirahmatov3

- Endi bor e’tiboringiz “Nasaf”ga qaratiladi. Jamoa oldiga chempionlik vazifasi qo‘yildi. Bunga klub tayyormi?

- Albatta, e’tiborimizni klubga qaratamiz. Oldimizda muhim bir o‘yin turibdi. Osiyo Chempionlar ligasida “Al-Ayn”ga qarshi maydonga tushamiz. Barcha e’tiborimiz shunga qaratilgan, tayyorgarlik olib boryapmiz.

- Terma jamoadan keyin darhol klubga qo‘shildingizmi yoki biroz dam olyapsizmi?

- Terma jamoadan qaytganimizdan keyin eshitgan bo‘lsangiz, Qatarda gripp tarqalgani uchunmi bilmadimu, hammamizda gripp kuzatildi. Oxirgi kuni menda ham gripp bo‘ldi. Qaytganimdan so‘ng ozroq holatim yaxshi bo‘lmadi. Ikki kun temperatura kuzatildi, biroz shamollagandim. Klubga kelib holatimni tushuntirdim. Hozirda bazada davolanish muolajalarini olyapmiz. Xudo xohlasa, o‘yingacha chiqamiz.

abdirahmatov2

- Oldinda OChL doirasida jiddiy o‘yin kutyapti. Siz esa doimiy ravishda klub va terma jamoada bo‘lib muhim bahslarda qatnashdingiz, tanaffussiz. Sizda toliqish va jismonan xolsizlik sezilmayaptimi?

- Xudo xohlasa, “Al-Ayn” bilan uchrashuvga tayyorgarlikni boshlab yuborganmiz. Terma jamoaga bordik va klubga qaytdik. Xudoga shukrki, toliqish va charchashlar yo‘q. Bu futbolchida bo‘ladigan holat. Chunki terma jamoaga chaqirganida Vatan uchun o‘ynaysiz! Klubda har doim ishingiz uchun o‘ynaysiz. Bu futbolchining hayoti. Bizda hozircha toliqishlar yo‘q. Chunki biz hali yoshmiz. Vaqtimiz kelganida albatta o‘ynashimiz kerak.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Олға насаф
08/02/2024 15:38
Зафармурод биз сенга ишонамиз ука. Худо хохласа умидимиз катта сендан. Ким нима деса деяверсин. Газига бос, гапирганлар учун ўзингни кўрсат Насафда.
&
Ali Turkistoniy
08/02/2024 22:26
Рузикул ака петалти тепишни ургатинг бу шогирдингизга Ал айн билан хам пеналти булиб колиши мумкин
Шоим Зарипов
08/02/2024 22:09
Зафармурод хали ёшсан болам хар хило гап суз танкидлардан хулоса чикариб ол буларни жахли чикишида асос бор булар мухлис алам устида нималар демайди хурматли мухлис укалар салхурматларингни саклаб гапиринглар ахир бу бола усадиган болаку 11 метрлик дегани бу 100% галаба дегани эмаску буб туради энди ховурларингдан тушинглар.
&
1234567
08/02/2024 19:18
Bos Zafarmurod,penaltini 1ta san urolmadingmi? Anovi 2ta nomi ulug suroasi quriqlaram urolmadiyu,qoloversa vaqti kelganda messi ronoldular ham penaltida adashganini kurganmiz,futbol penalti tepishdan iborat sport turi emas,tak chto gazini bos uka,sani tanqid qilayatganlarga kundalang qilib quyib quygin uka,Omadingni bersin
Муродов Лутфулло
10/02/2024 16:48
Отинг учсин сени футболдан , лапашанг .Узринг хам узинг хам узбек халкига ва футболига керак эмассан .Ким сени куллаётган булса ,улар хам адашган ,узбек футболи оёк ости хам булса куйдек кабул киладилар .
&
Козимжон Дехконов
08/02/2024 22:04
Бутун Узбекистонни давлениясини кутардию, бу запар.насапингда юраверсин
&
Азизжон
08/02/2024 19:19
Ватанфуруш соткин
&
Shakhzod
08/02/2024 18:19
Zafarmurod gaziga bos ukam,seni haqorat qilayotgan insonlar seni chuchog'inga ham arzimaydi))) Sen NASAFga keraksan.
&
998913335306
08/02/2024 17:02
Сен хакикий профессионал футболчи буламан десанг пеналти тепишни урган.. Эссиз сенларга мухлис булиб кетган вактимга ачиндим. Эх.....
&
Ali Turkistoniy
08/02/2024 22:16
Профессионал футболчи булиб пенальти тепа олмаган футболчи футболчи эмас.Рухий тайёр эмас экансан эркак булиб бирданига айтмайсанми
&
Арсенжан
08/02/2024 19:40
Сан футболистман деб юрибсан,ч ч ч сан
Ali Bobo
08/02/2024 17:20
Шу бола узи тушган барча уйинда довдиради, умуман термага нолойик, лекин уни уйинга куйишди. Таниш билиши килганми деб уйлаб колдим. Пеналтини эса расво килди, бутун халк мушток булиб турганида шунака тепиш мумкинми? халкни каргиши урсин сени, сотилган булсанг тешиб чиксин , башарангни курган музлисни асаби бузиляпти, яна интервью берибти бу ........
Mahmud Ttww
08/02/2024 16:28
Турқинга қўтоғим ебан, эркак бўлиб айтмайсанми соққа олиб сиктирдик деб, чурка.
Бобажонов Комилжон
08/02/2024 15:49
Соккани босиб кейин узир сурашни нима кераги бор камаш керак сенларни салкам кирк миллион ахолини каргишини олдингар
&
АБВГДейка
08/02/2024 12:40
Чич..вддзлар