Mutolaa: Men - Zlatanman

Mutolaa loyihasining dastlabki sonida e’tiboringizga Shvetsiya terma jamoasi yulduzi Zlatan Ibragimovich hayotiga bag‘ishlangan "Men - Zlatanman" asarining o‘zbek tilidagi talqini havola etib boriladi. 

Zlatan-book

***

Ushbu kitob og‘ir kunlarimda yonimda turib meni qo‘llab-quvvatlagan oilam va do‘stlarimga bag‘ishlanadi.

Shuningdek, ushbu kitobni qoidalar doirasiga sig‘maydigan, o‘zini boshqalardan farqli hisoblaydigan dunyodagi barcha bolalarga bag‘ishladim. O‘zgalardan farqlanish u qadar yomon ish emas. O‘zligingizcha qolishda davom eting. Bu menga doimo asqatgan.

Birinchi bo‘lim

“Barselona”ning bezovta nigohli kulrang kostyum kiygan bosh murabbiyi Pep Gvardiola menga tashvishli qarash bilan oldimga keldi.

main-qimg-591a99dc484fe9d97c9dd7fedf821e7e

Albatta o‘ylashimcha, u Mourino yoki Kapello darajasida bo‘lmasa-da yaxshi yigit edi. Bu voqealar u bilan o‘rtamizda janjal yuzaga kelishdan oldin yuz bergan edi. O‘sha vaqtlar 2009 yil ham oyoqlab qolgandi. Men esa bolalik orzularim og‘ushida yashardim. Xususan, endi dunyoning eng yaxshi jamoasi tarkibida 70 000 muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan “Kamp Nou”da to‘p surardim. Men go‘yoki ettinchi osmonda uchib yurardim. Ha, men uchun bu erda hammasi butunlay ajoyib edi deya olmayman. Qog‘ozlar bilan bog‘liq ba’zi tushunmovchiliklar ham bo‘lgandi. Men hamon o‘sha-o‘sha yomon bola edim va bu tashvishlarni kim bilandir bo‘lishishni istamasdim. Biroq, Elena va bolalar ham yaxshi edi. Shuningdek, Espulyuges de Lobregatda shinamgina hovlimiz bor edi. Men bor kuchim bilan o‘ynashga tayyor edim. Bu erda nima ham xato bo‘lishi mumkin?

- Ey, sen, - dedi bir kuni Gvardiola. – Bu er “Barsa”. Oyog‘ing zinhor erdan uzilmasin.

- Xo‘p, – dedim men. – Yaxshi.

- Bu erda hech kim mashg‘ulotlarga “Porshe” yoki “Ferrari”larda kelishi mumkin emas.

Men bosh silkib buni ham tasdiqladim. Men qanday mashinada yurishimning unga nima aloqasi borligiga tushunmasam-da, murabbiyga haddimdan oshib o‘dag‘aylashga g‘ururim yo‘l qo‘ymasdi. Ammo u mendan nima xohlayotganiga ham tushunolmasdim. Umuman, bunday harakatlar, munosabatlar o‘zi nimani anglatadi? Ishoning, men mashinani piyodalar yo‘lagida qoldirib o‘zimning kimligimni ko‘rsatib qo‘yadigan darajada olifta emasman. Bu hammasi emas. Men mashinalarimni yaxshi ko‘raman. Ular doimo menga o‘zgacha ishtiyoq bag‘ishlaydi. Ammo Gvardiolaning gaplaridan bir narsani tushundim: o‘zingni bu erda benazirman deb hisoblama.

Men bu vaqtda allaqachon “Barsa”ning xuddi maktabga o‘xshashini tushunib bo‘lgandim.  O‘yinchilar ham juda yaxshi edi. Ular hech bir ishni xato bajarishmasdi. Shuningdek, u erda men bilan birga “Ayaks” va “Inter”da to‘p surgan Maksvell ham to‘p surardi. Ammo rostini ayganda, bu erda hech bir futbolchi o‘zini superyulduz kabi his qilmas, bu esa menga juda sodda bo‘lib ko‘ringandi. Messi, Xavi, Inesta, umuman, jamoadagi barcha yigitlar xuddi maktab bolalariga o‘xshashardi. Dunyoning eng yaxshi futbolchilari murabbiy oldida boshlarini quyi solgancha turishardi, men esa buning sababini tushunolmasdim. Bu juda kulgili edi. Italiyada agar murabbiy senga “sakra” deb buyruq bersa, futbolchilar “Nima, nega sakrashimiz kerak?”, deb so‘rashardi.

barcelonas-aleksandr-hleb-and-manager-josep-pep-guardiola-picture-id663031592

Bu erda esa buyruqlar so‘zsiz bajarilardi. Men esa bunga moslasha olmadim. Ammo men o‘zimcha o‘ylardim: vaziyatga moslashish lozim. Ular sen haqingda noto‘g‘rni o‘ylashayotganini isbotla. Shu tariqa men jamoaga moslasha boshlagandim. Men juda yumshoqfe’l bo‘lib qolgandim. Bu juda g‘aroyib edi. Agentim va do‘stim Mino Rayola: “Senga nima bo‘lyapti? Seni taniyolmay qolayapman” deya bot-bot takrorlardi. Umuman, meni hech kim taniyolmay qolgandi.  Men qandaydir zerikarli insonga aylangandim. Vaholanki, “Malmo”da to‘p surib yurgan vaqtlarimdan buyon men faqat bir falsafaga bo‘ysunardim: men faqat o‘z poygamdagina yuguraman. Men haqimda kimning nima deb o‘ylashi bilan ishim yo‘q. Men hech qachon hokimiyat bilan chiqisha olmaganman. Menga qizil chiroqdan o‘tib ketadigan yigitlar yoqadi, nima deyotganimni tushundingiz.

Ammo hozir... Men nima istayotganimni ayta olmasdim. Men faqat odamlar mendan nimani kutishsa, shuni gapirardim. Men qandaydir ahmoqona holatga tushib qolgandim. Men faqatgina klubga tegishli “Audi” haydardim. Men ham maktab bolalariga o‘xshab qolgandim. Jamoadoshlarimga ham ortiqcha hazil qila olmasdim. Zlatanning Zlatanligi qolmagandi. Maktab davrlarimdan buyon ilk marotaba shunday vaziyatga duch kelishim edi. Biroq shu sharoitda ham men mavsumni ajoyib tarzda boshladim. Gol ketidan gollar urardim. Biz UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdik. Men tobora yorqinroq o‘yin namoyish eta boshlagandim. Men maydonda hukmronlik qila boshlagandim. Ammo men boshqa birovga aylangandim. Men bilan nimadir sodir bo‘lgandi. Bu u qadar jiddiy bo‘lmasa-da, nimadir o‘zgargandi. Men qandaydir sokin bo‘lib qolgandim. Ishoning bu men uchun ancha xavfli edi. Men yaxshi щyin namoyish etishim uchun asabiy holatda bo‘lishim kerak. Kimgadir baqirishim, qandaydir tomosha qo‘yishim kerak. Biroq o‘shanda bularning barchasini ichimga yutishimga to‘g‘ri keldi. Balki buni qandaydir bosim ostida qilgandirman. Yanayam bilmadim.

zlatan-ibrahimovic-pep-guardiola-barcelona_3781668

Men futbol tarixidagi ikkinchi eng qimmat o‘yinchi edim. Hujjatlar ham mening turgan bitganim muammo ekanligiga guvohlik bildirardi. Shuningdek, shaxsiyatim bilan bog‘liq gap-so‘zlar ham kam emasdi. Baxtga qarshi bularning barchasi men uchun ancha og‘ir yukka aylandi va men “Barsa”ga kirishib keta olmadim. Taxminimcha, men har qanday jamoaga moslashib keta olishimni isbotlashga urinardim. Bu mening butun hayotimdagi eng ahmoqona qaror edi. Men maydonda hamon xavfli futbolchi edim. Ammo bu menga ortiq zavq bag‘ishlamas edi.

Ba’zida hatto faoliyatimni yakunlash haqida ham o‘ylab qolardim. Albatta har qanday holatda buni jamoa bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish evaziga bajarmasligim aniq edi. Har qalay men professional futbolchiman. Ammo men futboldan zavqlanishni deyarli unutgandim. Shu paytlarda Rojdestvo ta’tiliga chiqdik. Biz ta’tilni Ore (Shvetsiyaning Yaamtland hududida joylashgan dam olish maskani – izoh tarjimondan)da o‘tkazdik. Men u erda snoumobilni ijaraga oldim. Menga qandaydir ekshn kerak edi. Men doimo mashinani maniaklardaek haydardim. Bir kuni ortimdan quvib kelayotgan politsiyachilarni ham adashtirib “Porshe Turbo”ning tezligini 325 km/soatgacha olib chiqdim. Men ularni (“Barselona”dagilarni - izoh tarjimondan) unutish uchun har qanday jinnilikka tayyor edim.  Shu tariqa men tog‘dagi asosiy vaqtimni snoumobilda o‘tkazdim va unda borimni berib qorlarni yondirardim.

Nihoyat, men o‘zimda biroz adrenalinni his qildim! Nihoyat o‘sha oldingi, haqiqiy Zlatan o‘zim haqimda o‘ylay boshladim. Men nima uchun bu ishlarni qilayapman? Menda pul bor. Men mana bunday jinnicha murabbiy bilan ishlashga majbur emasman. Men hayotdan zavqlanib yashashim va oilamga g‘amxo‘rlik qilishim kerak. Bu juda ajoyib vaqtlar edi, biroq u uzoqqa cho‘zilmadi. Biz Ispaniyaga qaytgach, biz noxushlik bilan to‘qnash keldik. Albatta, birdaniga emas, sekin-asta. Noxushlik butun atrofni qamrab olgandi.

Ispanlar xuddi avval qorni ko‘rmaganga o‘xshashardi. Ular Barselona tepasidagi qoyalarda goh o‘ng, goh so‘lda to‘qnashib yotishardi. Mino esa, esini egan semiz – agar kimdir meni noto‘g‘ri tushungan bo‘lsa, ajoyib bo‘rsildoq – yozgi oyoq kiyimi va elkasiga ilib olgan engil pidjagida qorda muzlab qolgandi va aynan u meni “Audi”da yurishga ko‘rdirgandi. Bu esa deyarli noxushlik bilan yakun topdi. Tog‘dan tushayotgan vaqtimiz nishablikda biz nazoratni yo‘qotdik va tosh devorga borib to‘qnashdik. Mashinaning o‘ng tomoni deyarli butunlay pachoq bo‘lgandi. Umuman, bunday ob-havoda halokatga uchragan mashinalar kam emasdi. Biroq hech kimning mashinasi menikichalik pachoq bo‘lmagandi. Men ushbu to‘qnashuvda ham g‘olib chiqqandim va biz buni eslaganda hamon kulishamiz. Men ba’zida o‘zimni yaxshi his qila boshlagandim.  Ammo keyinchalik Messi gapira boshladi. Messi ajoyib futbolchi. U ishonib bo‘lmas darajada g‘aroyib. Men uni uncha yaxshi bilmayman. Biz ikki xil dunyo odamlarimiz. U “Barsa”ga 13 yoshida kelgandi va mana shu muhitda ulg‘aygandi. Bu rasvo maktabda u hech qanday muammoga duch kelmasdi. Jamoada esa tabiiy ravishda butun o‘yin uning atrofiga qurilardi. U yaxshi o‘yin namoyish atayotgandi. Biroq men kelishim bilan undan ko‘ra ko‘proq gol ura boshlagandim. Bir kuni u Gvardiolaning oldiga borib: “Men ortiq qanotlarda o‘ynashni istamayman, men markazda o‘ynamoqchiman” dedi.

0505_lm_ap

U erda esa men o‘ynardim. Gvardiola esa gapni cho‘zmasdan taktikani o‘zgartirib qo‘ya qoldi. Ya’ni u 4-3-3 dan 4-5-1 ga ko‘chib qo‘ya qoldi. Bunda men yuqoridagi chiziqda edim, Messi esa shundoqqina men soyada qoldirgan holda, ortimga joylashgandi. Barcha to‘p aynan Messi orqali menga etib kelardi. Bu taktikada men maydonda qush kabi erkin bo‘lib qolgandim. Men barcha jabhalarda ajralib turishni istaydiganlar toifasidanman. Ammo Gvardiola meni ikkinchi darajaga tushirib qo‘ygandi. Haqiqat shundaki, u meni hujumga qamab qo‘ygandi. Men buning sababini tushunib turardim: Messi jamoaning yulduzi edi.

Gvardiola ham uni eshitishi lozim edi. Ammo shu vaziyatda ham men gol ortdan gollar uraverdim. Ammo bu ham men uchun yaxshilikka emasdi. U jamoani bir yigit atrofiga jam bo‘lishga moslashtira olmagan edi. Aytmoqchimanki, u meni nega sotib oldi? Hech kim men kabi maydondagi haqiqiy vaxshiy futbolchi uchun bunchalik darajada katta pul to‘lamas edi. Gvardiola har ikkalamizni o‘ylashi kerak edi va albatta klubdagi menejment holati ancha asabiy edi. Men ularning eng yirik investitsiyalari edim va yangi pozitsiyada o‘zimni umuman yaxshi his qilmasdim. Buning uchun esa, albatta, ancha qimmatlik qilardim. Jamoa sport direktori Chiki Begiristayn meni turtib Gvardiola bilan gaplashib olishim lozimligini tayinladi. “Mashg‘ulotlarda ko‘proq ishla”.

Men buni yoqtirmasdim. Ammo futbolchi sifatida vaziyatga moslashishim lozim edi. Yaxshi bunga ham ko‘nikdim! Bir kuni jo‘stlarimdan biri bir gapni aytib qoldi: “Zlatan, “Barsa” “Ferrari” xarid qildi, biroq undan “Fiat” kabi foydalanmoqda” men uchun esa bu juda to‘g‘ri ta’rif edi. Gvardiola meni oddiyroq, yomonroq futbolchiga aylantirishni istardi. Bundan esa butun jamoa yutqazayotgan edi.

Davomi bor...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!