
Muxlislar iste’fo talab qilyapti
Germaniyalik futbol muxlislari Ispaniyadan 0:6 hisobidagi qaqshatqich mag‘lubiyatni hazm qila olmayapti.
SID agentligi o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, unda ishtirok etgan 1100 nafar muxlislarning 84 foizi bosh murabbiy Yoaxim Lyov va Germaniya futbol federatsiyasi direktori Olier Birxoffning iste’fosini talab qilyapti.
60 yoshli Lyov mamlakatning bosh jamoasi 14 yildan beri boshqarib kelmoqda. Avvalroq, federatsiya rahbariyati bosh murabbiy 2021 yilning yozida bo‘ladigan Evropa chempionati yakunlangunicha o‘z lavozimida qolishini ma’lum qilgandi.
Fikrlar