Muxlislar mehrini qozonayotgan futbolchi Kumanga kerak emas

  • 19 sentabr, 2020, 17:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Rikard Puch jamoani tark etishi mumkin.

Tecno

RAC1 jurnalisti Jerar Romeroning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ronald Kuman 21 yoshli futbolchini rejalariga kiritmayotganini bildirgan.

Oldinroq, Puch "Barselona" daxlsiz deb hisoblayotgan 4 ta futbolchidan biri ekanligi haqida xabar qilingan.

Kumanning fikricha, jamoaga singdirilishi rejalashtirilgan o‘yin tizimi yosh yarim himoyachiga mos emas. Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, Puch maydonga tushishi uchun yuqori raqobatni engib o‘tishi kerak.

La Liganing o‘tgan mavsumida Puch 11 ta uchrashuv o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!