Muxlislar qay tarzda stadionlarga kiritiladi?

  • 20 sentabr, 2021, 14:36
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida madaniy-ko‘ngilochar, ommaviy tadbirlar va yig‘ishlarni o‘tkazish tartiblariga o‘zgartirish kiritildi.

Tecno

Xususan, 2021 yil 20 sentyabrdan boshlab mamlakatimizda tomosha, madaniy-ko‘ngilochar, ommaviy tadbirlar va yig‘ilishlar, shuningdek, sport musobaqalarini ochiq maydonlar hamda yopiq majmualarda o‘tkazishga ruxsat berildi.

Shundan kelib chiqib, futbol uchrashuvlariga karantin qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda muxlislarning tashrif buyurishlari mumkin bo‘ladi.

Bunda stadionlarga kirish joylarida muxlislarning tana haroratini o‘lchashni tashkillashtirish, koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lishi tavsiya etiladi. Ishqibozlar musobaqalar davomida tibbiy niqobdan foydalanishlari, ijtimoiy masofa saqlashlari va muhim sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilishlari talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!