Muxlislar qilmishi qimmatga tushdi!

  • 19.05.2026 09:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya chempionati autsayderlaridan biriga aylanib qolgan “Nitsa” klubida hech narsa rejadagidek ketmayapti. O‘tgan mavsumni to‘rtinchi o‘rinda yakunlagan jamoa, joriy 2025-2026 yillgi mavsumni xavotirli 16-o‘rinda yakunladi.

Bunisi ham yetmagandek, “Nitsa” muxlislari “Mets”ga qarshi o‘tkazilgan va golsiz durang bilan yakunlangan oxirgi tur uchrashuvida o‘z g‘azablarini boshqara olmay, maydonga bostirib kirishdi va xavfli vaziyatni yuzaga keltirishdi.

Ushbu voqealardan so‘ng, Frantsiya Professional Futbol Ligasi (LFP) intizom qo‘mitasi shoshilinch ravishda “Nitsa” klubi mutasaddilarini yig‘ilishga chaqirdi.
​Vaziyatning jiddiy ekanligi va taqvimning juda zichligini hisobga olib, tashkilot ushbu ishni favqulodda tartibda ko‘rib chiqmoqda.

​Klub ligada jon saqlab qolish va eng muhim o‘yinni muxlislarsiz o‘tkazish xavfi ostida turibdi. 29 may kuni “Sent-Etyen”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan pley-offning javob uchrashuvida tartibsizliklar qaytarilmasligi uchun stadion tribunallari butunlay yopib qo‘yilishi mumkin. Stadionning faqat bir qismini yopish (qisman jazo) chorasi bu vaziyatda samara bermaydi, deb hisoblanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!