Muxlislar "Real Madrid" futbolchisi ustidan kuldi
La Liganing 16-turidan o‘rin olgan "Alaves" – "Real Madrid" (1:2) uchrashuvida mezbon jamoa muxlislari Vinisius Junior ustidan kuldi.
Jurnalist Mario Kortegan ma’lum qilishicha, final hushtagidan so‘ng stadiondagi muxlisga futbolkasini berishga kelgan braziliyalik vingerga "Sohil to‘pi" deb chaqirishgan. Shuningdek, muxlislar uchrashuv davomida Vinisiusga plyaj to‘pi kerakligini ham ta’kidlashgan.
Ma’lumot uchun, futbolchi ushbu bellashuvda Rodrigoning g‘alaba goliga uzatma berdi. Joriy mavsumda u La Ligada 17 o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 5 ta assist qayd etdi.

Fikrlar