
Mxitaryan nega "Roma"ga o‘tganini aytdi
Armanistonlik yarim himoyachi Genrix Mxitaryan nega “Arsenal”dan “Roma”ga o‘tganini izohladi.
“Hammasi oxirgi kuni sodir bo‘ldi. “Tottenxem”ga qarshi o‘yindan so‘ng agentim menga qo‘ng‘iroq qildi va ertasi kuni darhol tibbiy ko‘rikdan o‘tishim uchun Rimga etib kelishim kerakligini aytdi. “Arsenal”da o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgan bir paytda bu men uchun yaxshi taklif edi. Qaysidir muddatda men 90 daqiqa o‘ynamagan kunlarim bo‘ldi, lekin men har kuni shug‘ullanaman va bunga tayyor edim. Futbolda siz faqat oyoq bilangina emas, bosh bilan ham o‘ynashingiz kerak. Agar siz o‘zingizni 90 daqiqa o‘ynashga ko‘ndira olsangiz, u holda hamma narsa bo‘lishi mumkin”, - deydi Mxitaryan.
Eslatib o‘tamiz, “Roma” Mxitaryanni keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga oldi.
Fikrlar