Mxitaryan Rimda qolishi mumkin

  • 24 mart, 2020, 23:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning "Roma" klubi yozda "Arsenal"dan ijaraga olingan yarim himoyachi Genrix Mxitaryanni tarkibda saqlab qolmoqchi.

Tecno

Football Italia va Gazzetta dello Sport nashrlari tarqatgan xabarga qaraganda, "bo‘rilar" 31 yoshli armanistonlik futbolchining transferini "kanonirlar"dan to‘liq sotib olishmoqchi. Aytish kerakki, tomonlar o‘rtasida imzolangan ijara shartnomasiga ko‘ra "Roma" mavsum yakunlangach Mxitaryanni 25 mln evro evaziga to‘liq sotib olish huquqiga ega.

Genrix Mxitaryan joriy mavsum "Roma" safida 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!