Mxitaryan “Roma”dan yuz o‘girgani sababi oshkor bo‘ldi

  • 04.06.2022 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Roma”ning muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shib kelgan Genrix Mxitaryanning jamoa bilan shartnomani uzaytirmagani sabablari ochiqlandi.

Armanistonlik universal futbolchi “Inter” taklifini qabul qilib, Milanga ko‘chib o‘tishga qaror qildi.

Aslida Rim klubi 33 yoshli o‘yinchiga 1+1 ko‘rinishida shartnoma va yiliga 3 million evro maosh taklif qilgandi. Biroq, “Inter” Genrixga ikki yillik bitim va har mavsum uchun 3,5 million evro maosh va’da qildi.

Mxitaryanning “Inter”ni tanlashiga, jamoaning kelasi mavsum Chempionlar ligasida qatnashishi hal qiluvchi omil bo‘lgan. Yoshi o‘tib qolgan pleymeyker faoliyatining oxirgi bosqichida Evropaning eng nufuzli musobaqasidan bahramand bo‘lmoqchi.

Mxitaryan yakunlangan mavsumjda 44 ta o‘yinda beshta gol va to‘qqizta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Samarqand1122
05/06/2022 20:09
Элдорни хаи торт
&
Восток
05/06/2022 13:06
Тугри килибди