
MYu 150 million funtga super to‘purar olmoqchi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Sulsher jamoasi tarkibiga “Tottenxem” to‘purari Harri Keynni qo‘shib olishni orzu qilyapti.
Manchesterliklar 27 yoshli hujumchi transferi yozda amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Chunki “Tottenxem” asosiy yulduzini sotib yuborishga qaror qildi. Londonliklar etakchisini 150 million funtga baholamoqda.
Anchadan beri chempionlik unvonini sog‘ingan “Manchester Yunayted” rahbariyati bu maqsadiga etishish yo‘lida Keynga juda qattiq ishonmoqda va talab qilinayotgan summani to‘lashga tayyorligi aytilyapti.
Harri Keyn joriy mavsumda premer-ligada 21 ta o‘yinda qatnashib, 13 ta gol va 11 ta golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar