MYu 1965 yildan buyon ilk bor bu ishni qila oldi

  • 13 mart, 2020, 01:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bugun UEFA Evropa ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan LASKga qarshi o‘yinda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

GracenoteLive nashrining yozishicha bu MYuning 1965 yildan buyon evrokuboklarda safardagi o‘yinlarda qo‘lga kiritgan eng yirik g‘alabasi bo‘ldi. O‘shanda “qizil iblislar” “Strasburg” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urishgan edi.

Bundan tashqari MYu 11 ta o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmay kelmoqda. To‘plar nisbati esa 29:2 mankunianliklar foydasiga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!