
MYu "Barsa" yulduzini olish yo‘lini topdi
Lionel Messi “Barselona”dan ketganidan keyin Kataloniya klubida uning vorisi sifatida e’tirof etilayotgan Ansu Fatiga “Manchester Yunayted” xaridor bo‘lmoqda.
Manchesterliklar avval ham bu futbolchi uchun 150 million evro taklif qilib, rad javobini olgan edi.
Kataloniya klubi rahbariyati iste’dodli o‘yinchiga katta ishonch bildirmoqda va unga Messi o‘ynagan 10-raqam berilgani ham bejiz emas.
Biroq, manchesterliklar ham Fatini qo‘lga kiritish uchun oxirigacha kurashmoqchi va buning yo‘lini topdi. Ular futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan aloqaga chiqqani aytilmoqda. Bu agent manchesterliklar bilan do‘stona aloqaga ega va Fatiga jamoani almashtirish borasida gapini o‘tkazishi mumkin.
Fikrlar