MYu "Barselona" etakchisi uchun qancha taklif qilayotgani ma’lum bo‘ldi

  • 19 mart, 22:18
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" "Barselona"ga Frenki de Yong transferi uchun 50 million evro taklif qilgan. Bu haqda "90Min" xabar bermoqda.

Tecno

Klub niderlandiyalik yarim himoyachiga Erik ten Hag davridan beri qiziqish bildiradi. 27 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan, va yaqinlashib kelayotgan yoz Frenkining "Barselona"dan transferi uchun qulay fursat bo‘lishi mumkin.

2024/2025-yilgi mavsumda Frenki de Yong "Barselona" safida 29 rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

Eslatib o‘tamiz, xavbek "ko‘k-anorranglilar" safiga 2019 yilda "Ayaks"dan 85 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!