MYu bu ishni XXI asrda ilk bor uddaladi
Xabaringiz bor kecha Angliya kubogining 1/16 finalida “Manchester Yunayted” safarda “Tranmir Rovers” jamoasiga qarshi bahs olib bordi va yirik 0:6 hisobida zafar quchdi. Gollarga Xari Maguayr, Diogo Dalot, Jessi Lingard, Fil Jons, Antoni Marsyal va Meyson Grinvudlar mualliflik qilishdi.
Sky Sports Statto nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bu “qizil iblislar”ning XXI asrda safardagi o‘yinlarda qo‘lga kiritgan eng yirik g‘alabasi bo‘ldi.
Aytish kerakki, MYu so‘nggi bor 1999 yilda mehmonda 6 ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozongan. O‘shanda ser Aleks Fergyuson boshchiligidagi jamoa "Nottingem Forest"ni 8:1 hisobida enggan edi.

Fikrlar