MYu faqat ikki superyulduz qutqara oladi

  • 6 mart, 2021, 06:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted”ning sobiq sardori Rio Ferdinand klubning hozirgi rahbariyatiga jamoa chempionlikka erishishi uchun qaysi futbolchilarni olishi kerakligini maslahat berdi.

- “Manchester Yunayted” tog‘larni to‘ntarish kerak bo‘lsa-da, Erling Xoland va Kilian Mbappeni olib kelishi kerak. Manchesterliklar ularning tarkibida superyulduzlar o‘ynashiga ko‘nikib qolgan. “Manchester Yunayted” bu yigitlar yorjamiga muhtoj, - dedi Rio Ferdinand.

Ayni paytda PSJ ham, “Borussiya ham o‘z yulduzlarini ushlab qola olmasligi oydinlashib bormoqda. Mbappe klub rahbariyatini Parijni tark etib, Angliyada to‘p tepish niyati borligidan ogohlantirdi. Xoland esa Dortmundan faqat superklubga ko‘chib o‘tishini ta’kidlab, “Chelsi”ning taklifini rad qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!