“MYu” darvozaboni A Seriyaga qaytishi mumkin
Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi darvozaboni Serxio Romero o‘z faoliyatini yana Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
30 yoshli posbon avval “Sampdoriya”da to‘p surgan. Ayni vaqtda argentinalik futbolchiga “Inter” qiziqish bildirmoqda da. “Inter” Romeroga ikki yillik shartnoma taklif qilgan va darvozabon Milandan uy sotib olishga ham ulgurdi.
Romero joriy mavsum “MYu”ning barcha musobaqalarida jami 14 o‘yin o‘tkazgan. Uning mankunianliklar bilan shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar davom etadi.



Fikrlar