MYu darvozaboni: Biz Evropa ligasida g‘alaba qozonmoqchimiz
“Manchester Yunayted” darvozaboni Din Xenderson “Real Sosedad”ga qarshi o‘tkaziladigan UEFA Evropa ligasi 1/16 final dastlabki bahsidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Ha, bizni dunyoning barcha klublari o‘ynashni istaydigan Chempionlar Ligasidan chiqarib yuborishdi. Ammo biz endi bor e’tiborimizni Evropa Ligasiga qaratishimiz kerak. Biz kubokni yutmoqchimiz, bu bizning maqsadimiz.
"Real Sosedad" - ajoyib jamoa, aminmanki, bu biz uchun juda qiyin bo‘ladi. Bunday raqibni mag‘lub etish uchun yaxshi harakat qilishimiz kerak.
O‘yin Italiyada bo‘ladimi? Menimcha, bu bizga unchalik ta’sir qilmaydi. Albatta ular o‘z stadionlarining ustunligini yo‘qotishdi, biz esa g‘alaba uchun o‘ynaymiz”, - dedi Xenderson.
“Real Sosedad” – “Manchester Yunayted” bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:55 da boshlanadi.



Fikrlar