
MYu De Xeani faqat bir shart bilan sotishga rozi
"Manchester Yunayted" klubi tajribali darvozabon David De Xeani faqat bir shart bilan qo‘yib yuborishga tayyor.
Bir qator ispan OAVlari tarqatgan xabarga ko‘ra mankuanliklar faqatgina “Atletiko” posboni Yan Oblakni sotib olsalargina 27 yoshli ispaniyalik darvozabonni boshqa jamoaga sotib yuborishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Madridning “Real” klubi De Xeaga, shuningdek Oblakka ham birdek qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar