MYu etakchisi qaror qabul qilishda qiynalyapti

  • 24 dekabr, 2021, 15:31
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jurnalist va insayder Fabritsio Romano "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadigan yarim himoyachi Pol Pogbaning holati haqida ma’lumot berdi.

"Manchester Yunayted" yanvar oyida Pogbani sotish bo‘yicha hech qanday muzokaralar olib bormayapti. Takliflar, rokirovka yoki shunga o‘xshash holatlar kuzatilmadi. Shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklif esa o‘tgan yilning yozida berilgan, biroq hamon bunga javob yo‘q. 

Tecno

Pol kelajagi haqida bir qarorga kelmagan. "Qizil iblislar" hamon kutmoqda", - deya xabar berdi taniqli insayder. 

Eslatib o‘tamiz, mankunialiklar avvalroq Pogba o‘rniga "Aston Villa" futbolchisi Deklan Raysni sotib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!