MYu futbolchilari raqib jamoaga o‘tmoqchi

  • 14 noyabr, 2021, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bosh murabbiy masalasini ijobiy hal qilgan “Nyukasl” rahbariyati bor e’tiborini tarkibni yangi futbolchilar bilan kuchaytirishga qaror qildi.

“Qarg‘alar” o‘z safiga “Manchester Yunayted”da o‘yin amaliyotisiz olib ketayotgan uch futbolchisini qo‘shib olishni istayapti.

The Mirror nashrining ma’lum qilishicha, “Nyukasl” manchesterliklardan yarim himoyachilar –  Donni van de Bek va Jessi Lingard, shunindek, ispaniyalik darvozabon David de Xeaga raqobatni boy berayotgan Din Xendersonni transfer qilmoqchi.

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher bu futbolchilarga etarli o‘yin vaqti taqdim etishni va’da qilganiga qaramay, amalda boshqa shogirdlari xizmatidan foydalanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!