
MYu futbolchilari so‘zida turmagan Sulsherga bosh ko‘tarmoqda
“Manchester Yunayted”ning bir guruh futbolchilari bosh murabbiy Ule-Gunnar Sulsher ularga etarli bergan va’dasini bajarmayotganiga norozilik bildira boshladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, norvegiyalik murabbiy boshlang‘ich tarkibga kira olmayotgan Donni Van de Bek, Antoni Marsyal, Jessi Lingard, Din Xenderson, Erik Bayi, Diogu Dalot, Xuan Mata va Aleks Tellesga yangi mavsumda o‘zlarini ko‘rsatishlari uchun ko‘proq o‘yin amaliyoti taqdim etilishini va’da qilgan.
Sulsher esa hozirgi tarkib jamoa oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajara olmayotgani, mag‘lubiyatlar ko‘payib ketganiga qaramay, zaxirada imkonini kutayotgan o‘yinchilarni maydonga tushirmayapti. Bu jamoa ichidagi muhitga salbiy ta’sir qilmoqda.
Sulsher ishonch bildirmayotgan o‘yinchilarning aksariyati klub rahbariyatidan ularni boshqa jamoaga qo‘yib yuborishini talab qilmoqchi.
Fikrlar