
MYu futbolchilari Superligada o‘ynashdan bosh tortmoqda
Evropa Superligasining tuzilishi millyi chempionatlarga ham ta’siri o‘tkazmoqda. Xususan, “Manchester Yunayted” rahbariyati klub yangi loyihada ishtirok etishini tasdiqlagani jamoa futbolchilari o‘rtasida norozilik keltirib chiqardi.
“Manchester Yunayted” ijrochi direktori Ed Vudvord 19 aprel kuni futbolchilar bilan yig‘ilish o‘tkazib, vaziyatni tushuntirishga va ularni tinchlantirishga harakat qilgan.
Biroq, aksariyat o‘yinchilar yangi turnirda ishtirok etmoqchi emas. Ayniqsa, jamoa etakchisiga aylangan Brunu Fernandesh yangi turnir tashkil etilishiga qarshiligini bildirmoqda.
“Manchester Yunayted” Evropa ligasining yarim finaliga yo‘llanma olgan edi. UEFA Superligaga qo‘shilgan klublar qit’a miqyosidagi musobaqalardan chiqarib yuborilishini ma’lum qilgan.
Hozircha, vaziyat chigalligicha qolmoqda va buyog‘iga nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.
Fikrlar