
MYu futbolchisi Londonda qolishi mumkin
"Vest Xem"da ijara asosida to‘p surayotgan Jessi Lingard yozda "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin.
Londonliklar 28 yoshli futbolchining ijarasi uchun 1,5 million funt to‘laydi. Shuningdek, "bolg‘alilar" uni 15 million evroga sotib olish bo‘yicha taklif bilan chiqqan edi, biroq MYu to‘laqonli transfer ishlarini mavsum so‘nggiga qoldirgan edi.
Endi "Manchester Yunayted" "Vest Xem"da debyutini juda yaxshi boshlagan Lingardning transferini 20 million funtga baholamoqda. Shuningdek, Lingard London klubi yarim himoyachisi Deklan Raysning MYuga transferida ham ishtirok etishi mumkin.
Joriy mavsumda angliyalik futbolchi "Vest Xem" safida 5 ta o‘yinda 3 ta gol kiritib, 1 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar