
MYu futbolchisi zudlik bilan jamoasini o‘zgartirmoqchi
"Manchester Yunayted"ning niderlandiyalik yarim himoyachisi Donni Van de Bek qishki transfer vaqtida jamoasini o‘zgartiradi. Bu haqda "Daily Mail" xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, futbolchi xizmatiga APLning bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda. Jumladan, "Everton" va "Vulverxempton" havbek borasida "qizil iblislar" bilan muzokaraga kirishgan.
2021/22 yilgi mavsumda Van de Bek bor yo‘g‘i 3ta o‘yinda maydonga tushdi va samarali harakat amalga oshira olmadi. 24 yoshli Donnining mankunianliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
"Transfermarkt" portali yarim himoyachini 25 million evroga baholamoqda.
Fikrlar