
MYu futbolchisini "Real"ga taklif qilishmoqda
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni Van de Bek yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida “qizil iblislar” safini tark etishi mumkin. Bu haqda Defensacentral nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga qaraganda, niderlandiyalik futbolchi MYudan ketmoqchi. Futbolchining agenti mijozining xizmatlarini "Real" Madridga taklif qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Van de Bek "Manchester Yunayted"ga 2020 yilda "Ayaks"dan ko‘chib o‘tgan edi. O‘shanda APL grandi futbolchi uchun amsterdamliklarga 40 million evro to‘lagan.
Van de Bek joriy mavsum MYu safida barcha musobaqalarda bor yo‘g‘i 3 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar