MYu futbolchisining yulduzli onlari bir soniyada singan

  • 19 may, 2020, 11:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning sobiq yarim himoyachisi Nani 2010 yilda “Fulxem”ga qarshi o‘yindan keyin bosh murabbiy Aleks Fergyuson uni va Giggzni ta’zirini berganini esga oldi.

Tecno

- O‘sha o‘yinda zo‘r o‘ynadim va o‘zimga ishonchim yuqori edi. Biz penalti ishladik. Uni Rayan Giggz tepishi kerak edi. Men o‘zimni ko‘rsatish uchun to‘pni oldim. Giggz indamadi. Gol urolmadim, - deydi Nani.

O‘yin 2:2 hisobi bilan yakunlanganidan keyin voqeaning qizig‘i kiyim almashtirish xonasida bo‘lgan.

Ser Aleks “Nani sen kimsan o‘zi? Penalti tepishingga kim ruxsat berdi? Rayan sen nega uning penalti tepishiga  yo‘l qo‘yding?”, - deb Rayan ikkilamizga rosa baqirgan, deb eslaydi Nani.

Uning aytishicha, shu voqeadan keyin murabbiydan rosmana qo‘rqib qolgan ekan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!