
MYu himoyachisiga MLSdan taklif bo‘lmoqda
"Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Luis Antonio Valensiya faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.
33 yoshli ekvadorlik futbolchiga okean ortida nomi sir tutilayotgan klub 2 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Bu haqda uning otasi aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Valensiyaning MYu bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Unga shuningdek "Inter", "Arsenal" va "Vest Xem" klublaridan ham takliflar bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, Valensiya joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 8ta o‘yinda ishtirok etdi xolos.
Fikrlar