MYu hujumchisi La Liga grandi safiga o‘tadi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, frantsiyalik futbolchiga "Sevilya"dan qiziqish bor. Andalusiyaliklar allaqachon Marsyal transferi yuzasidan rasmiy taklif bilan chiqqan. La Liga turnir jadvalida 2-pog‘onada borayotgan jamoa saviyali hujumchiga ehtiyoj sezmoqda.
Katta ehtimol bilan, 26 yoshli forvard mavsumni La Liga klubida yakunlaydi. Chunki "qizil iblislar" tarkibida unga etarlicha o‘yin amaliyoti taqdim etilmayapti.
Joriy mavsum Antoni Angliya Premer-ligasida 7 uchrashuvda maydonga tushib, bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan.

Fikrlar