MYu hujumchisi "Tottenxem"ga o‘tishi mumkin

  • 26 iyul, 2021, 10:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal klubni tark etishi mumkin.

Tecno

Daily Star nashri tarqatgan xabarga qaraganda, frantsiyalik futbolchini "Tottenxem" o‘z safida ko‘rishni xohlamoqda. Mankunianliklar esa uni 60 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Marsyal o‘tgan mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 36 ta o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

MYu Antoni Marsyalni 2015 yil “Monako”dan 36 million funtga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!