
MYu hujumchisiga raqib jamoa da’vogar
“Arsenal” rahbariyati joriy mavsum yakunida kuchli to‘rtlikka kirib, Chempionlar ligasiga yo‘llanma olsa, “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshfordni transfer qiladi.
24 yoshli angliyalik futbolchining manchesterliklar safida ishlari yurishmayapti. U sekin-asta asosiy tarkibdan uzoqlashib bormoqda. Markus terma jamoadan ham chaqiruv olmay qo‘ydi. Uning o‘zi ham muhitni yangilashni istayapti.
Bundan tashqari joriy mavsumda atigi beshta gol urgan hujumchini “Manchester Yunayted” fanatlari ayovsiz tanqid qilmoqda va yaqinda ular o‘rtasida kelishmovchilik ham kelib chiqdi.
“Kanonirlar” bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchilar masalasida muammoga duch kelgan. Per-Emerik Obameyang to‘upararlik mahoratini “Barselona”da namoyish qilayotgan bo‘lsa, Aleksandr Lyakazett va Eddi Nkitia kelasi mavsum Londonda qolmaydi.
Fikrlar