MYu Jahon chempioni bilan shaxsiy kelishuvga erishdi
"Manchester Yunayted" darvozabon Emiliano Martines transferi ustida ish olib bormoqda.
Insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, mankunianliklar argentinalik posbon bilan shaxsiy shartlarda kelishib oldi va "Aston Villa" bilan muzokara boshladi.
Avvalroq Martines "Antverpen"dan Senn Lammens bitimi amalga oshmay qolsa, ehtimoliy variant sifatida ko‘rib chiqilayotgani xabar qilingandi.
Hozirda muzokaralar faol tarzda davom etmoqda.



Fikrlar