MYu katta transferni uddalamoqda

  • 01.08.2021 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” rahbariyati yozgi transferlar davrida tarkibni keskin kuchaytirishga harakat qilmoqda.

Ushbu klub mutasaddilari tez orada “Vulverxempton” yarim himoyachisi Ruben Nevesh transferini ijobiy hal qiladi.

24 yoshli portugaliyalik futbolchi “Arsenal” taklifini rad etdi va manchesterliklardan yangi  uzoq muddatli shartnoma kutmoqda.

Ule-Gunnar Sulsher aslida maydon markazida Deklan Raysni o‘ynatmoqchi edi. Biroq, bu transfer murakkablashib ketayotgani bois, e’tiborini Ruben Neveshga qaratdi.

“Vulverxempton” mahoratli yarim himoyachisini 35 million funtga baholamoqda. Tez orada  “Manchester Yunayted” rasmiy taklif yuborishi kutilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!