MYu ko‘zlagan to‘purarning narxi dahshatli darajada ko‘tarildi

  • 12 aprel, 2022, 20:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Benfika” bosh murabbiyi  Nelson Verissimo jamoa to‘purari Darvin Nunesga jiddiy qiziqish bildirayotgan “Manchester Yunayted” va “Arsenal” mutasaddilariga o‘yinchining transfer summasini aytdi.

Tecno

Goal nashrining ma’lum qilishicha, lissabonliklar 22 yoshli hujumchini 127 million evrodan kamiga qo‘yib yubormaydi.

Urugvaylik hujumchi “Penyarol” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2019 yili Evropaga ko‘chib o‘tgan. Ispaniyaning “Almeriya” jamoasi iste’dodli hujumchi uchun urugvayliklarga 13 million evro to‘lagandi.

“Benfika” Nunesni 2020 yilning sentyabrida 24 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi. Ayni paytda, Nunes Portugaliya chempionatida 24 ta uchrashuvda 24 ta gol urib, peshqadamlik qilmoqda. Yosh o‘yinchi Chempionlar ligasida ham to‘qqizta o‘yinda beshta, Portugaliya ligasi kubogida bitta uchrashuvda ikkita to‘p kiritdi.

“Benfika” 2019 yilda yana bir yosh hujumchisi Joau Feliksni “Atletiko”ga 127 million evroga yaqin mablag‘ evaziga sotib yuborgandi. Ular endi o‘sha transfer rekordini yangilamoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!