
MYu Maynuning ijaraga berishi mumkin, lekin sotmaydi
"Manchester Yunayted" Kobbi Maynu bilan butunlay xayrlashishni ko‘zlamayapti. Bu haqda "The Telegraph" xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yarim himoyachi o‘yin amaliyoti etishmasligi va shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarda ijobiy natija yo‘qligi sababli Chempionlar ligasida qatnashayotgan klubga o‘tishga tayyor.
Biroq, Maynuning MYudagi maqomi "sotilmaydi" deb belgilangan. Shu bilan birga, 20 yoshli futbolchini ijaraga berish ehtimoli ham inkor etilmayapti.
Fikrlar