
MYu muxlislari uchun quvonarli xabar!
"Manchester Yunayted" himoyachisi Rafael Varan umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi. Bu haqda "qizil iblislar" matbuot xizmati xabar bermoqda.
So‘nggi bor, Varan MYu uchun "Everton"ga qarshi bahsda maydonga tushgan edi. Shundan so‘ng, u Frantsiya terma jamoasi safida jarohat oldi.
Himoyachining qaytishi mankunianlar bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher uchun ijobiy yangilik bo‘ladi. Sababi, klub u siz "Liverpul", "Atalanta" va "Lester"dan jami 11ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar