MYu muxlislari uchun xushxabar

  • 18 yanvar, 2023, 15:23
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" futbolchisi Jeydon Sancho mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar bermoqda.

Tecno

22 yoshli vinger o‘tgan yilning oktyabr oyidan beri maydonga tusha olmayotgandi. U jamoa lazaretida jarohatini tiklash bilan ovvora edi.

Sancho joriy mavsum mankunianliklar libosida 14 uchrashuvda ishtirok etib, 3 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol etgan. Shuningdek, uning hisobida bitta assist mavjud.

Jeydon 2021 yilda Dortmundning "Borussiya"sidan MYu tarkibiga kelib qo‘shilgandi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilga qadar amal qiladi.

38 ochko jamg‘argan ten Hag shogirdlari turnir jadvalida 4-pog‘onani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!