MYu nazari tushgan futbolchining narxi 1,5 milliondan 80 million funtga ko‘tarildi
“Everton” rahbariyati dastlabki ikki uchrashuvda to‘rtta gol urgan markaziy hujumchisi Dominik Kelvert-Lyuinning “Manchester Yunayted”ga transferi uchun o‘ta katta narx talab qilmoqda.
“Everton” 2016 yili 1,5 million funtga xarid qilgan futbolchisini manchesterliklarga 80 million funtga sotmoqchi bo‘lmoqda. Bu narx “Manchester Yunayted” rahbarlarini shokka tushirdi.
23 yoshli angliyalik hujumchi “Everton” tarkibida Angliya premer-ligasida 116 ta uchrashuvda 28 ta gol urgan va 12ta golli pas bergan.

Fikrlar