MYu o‘yinchilari Sulsherga qaysi futbolchini olishni maslahat berdi
“Manchester Yunayted” futbolchilari Ule-Gunnar Sulsherni yozgi transferlar vaqtida “Aston Villa” etakchisi Jek Grilishni olishga ko‘ndirmoqchi.
Norvegiyalik mutaxassis esa, ikki yildan beri hujumkor yarim himoyachi roliga “Borussiya”dan Jeydon Sanchoni taklif qilishni istamoqda.
Manchester jamoasi futbolchilarining fikricha, Grilish Angliya premer-ligasiga moslashgan va o‘zini ko‘rsatishi uchun ortiqcha vaqt talab qilinmaydi va darrov etakchilikni o‘z qo‘liga olishi mumkin.
Aslida har ikki futbolchini qo‘lga kiritish uchun klub kattagina xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Angliya futbolining kelajagi deya qaralayotgan bu ijrochilarning transfer summasi ham bir xil – 75 million funtga baholanmoqda.
Fikrlar